Kompanining otasi Belgiya tarixidagi birinchi qora tanli merga aylandi

Aziz Tukhtamuradov
16 okt 2018, 00:48
Per Kompani Belgiyaning birinchi qora tanli shahar hokim sifatida tarixga kirdi.

71 yoshli Per Belgiya terma jamoasi hamda “Manchester Siti” klubi futbolchisi Vensan Kompanining otasi hisoblanadi. Katta Kompani Gansxoren shahar meri etib tayinlandi. 

“Bu tarixiy voqea! Ota, siz bilan faxrlanamiz. 1975 yili Kongodan Belgiyaga ko'chib kelib, butun shahar aholisi mehrini qozonish har kimga ham emas”, - dedi kichik Kompani. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif