Kompani kamida uchta o'yinga diskvalifikaciya qilinadi

Tolibjon Qosimov
15 mar 2014, 19:00
"Manchester Siti" himoyachisi Vensan Kompani bugun "Xall Siti"ga qarshi o'yinda qizil kartochka oldi.
U kamida uchta o'yinlik diskvalifikaciyaga uchraydi. Belgiyalik futbolchi "Fulxem", MYU va "Arsenal"ga qarshi bahslarda aniq o'ynamaydi.

"Xall"ga qarshi o'yinda Kompani Nikica Elavichni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi va maydonni tark etayotganda hakamga juda qattiq etiroz bildirgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru