Koman faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Alisher
29 okt 2021
"Bavariya" vingeri Kingsli Koman Myunxen klubi bilan yangi shartnoma imzolamaslikka qaror qildi.

Fransiyalik o'yinchining nemis klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, shu sabab rahbariyat o'yinchini mavsum so'nggida sotmoqchi.

Vaziyatdan "Manchester Yunayted" foydalanmoqchi. Manchesterliklar narxi 50 million evroga tushirishmoqchi.

Francuz joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 4ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: The Sun