Kolumbiya JCHda Osiyo jamoalariga qarshi 3 marta o'ynagan

Narzulla Saydullayev
6 dek 2025, 13:48
Kecha 2026 yilgi Jahon chempionatiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston "K" guruhida Portugaliya va Kolumbiyaga qarshi o'ynashi aniq bo'ldi. Guruhdagi so'nggi jamoa qitalararo pley-offdan keyin ma'lum bo'ladi.

Kolumbiya terma jamoasi mundiallar tarixida Osiyo qitasi vakiliga qarshi 3 marta o'ynagan. 1990 yil BAA 2:0 hisobida taslim etilgan. 2014 yilda Yaponiya yirik hisobda mag'lub etilgan - 4:1. Rossiyada o'tgan mundialda yaponlar mag'lubiyat uchun revansh olishgandi - 2:1.

1990 Kolumbiya - BAA 2:0
2014 Kolumbiya - Yaponiya 4:1
2018 Kolumbiya - Yaponiya 1:2

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia