Kollina VAR tizimi haqida qanday fikrda?

Mirjalol Normatov
29 iyun 2018
FIFA hakamlar qo'mitasi vakili Perluiji Kollina JCH-2018da qo'llanilayotgan VAR tizimi haqida gapirdi.

"VAR ideal emas, biroq bu tizim noto'g'ri bo'lgan qarorlarning 99,3 foizini to'g'rilab ketdi, shu boisdan idealga yaqinroq. Biz epizodlarni qo'rish uchun ketadigan vaqt tashvishlantirgandi. Biroq o'yinlarning vaqti ko'p. Hakamlar VAR orqali yo'qotilayotgan vaqtni qo'shib berishmoqda", - dedi Kollina.

JCH-2018da belgilangan 24 penaltidan 7tasi VAR tizimi qo'llanilganidan keyin belgilandi. Ikki holatda esa ushbu tizimdan keyin 11 metrlik jarima bekor qilindi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru