Kolashinac Bundesligaga qaytadi

Sead London klubini tark etadi.

“Arsenal” himoyachisi Sead Kolashinac Leverkuzenning “Bayer”iga o'tmoqda. Bu haqda jurnalist Nikola Skira xabar bermoqda.

Bundesliga Kolashinac uchun begona emas. Futbolchi “Arsenal”ga qadar “Shalke” sharafini himoya qilgan.

Bosniyalik futbolchi “Bayer” bilan 5 yillik bitim tuzadi. Sead londonliklar ustozi Mikel Artetaning rejalaridan o'rin olmagan. Shu boisdan futbolchi “to'pchilar” safini tark etishga qaror qilgan.


Manba: Twitter/@NicolaSchira