Koentrau Portugaliya terma jamoasining mashg'ulotini o'tkazib yubordi
Tolibjon Qosimov
5 sen 2014, 17:53
"Real" himoyachisi Fabiu Koentrau Portugaliya terma jamoasining mashg'ulotini o'tkazib yubordi.
Malumotlarga ko'ra, himoyachi Albaniya terma jamoasiga qarshi Evro-2016ning saralash o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin. Koentrau mashg'ulotda ishtirok etmagan bo'lsada, mehmonxonada qolib basseynda va trenajer zalida shug'ullangan.