Koentrau oyog'ini sindirib oldi

Aslanov Jasurbek
8 fev 2016
"Monako" himoyachisi Fabiu Koentrau "Nicca"ga qarshi Fransiya chempionatining 25-tur uchrashuvida (1:0) oyog'ini sindirib oldi.

Hozircha jarohat og'irligi va safga qaytish muddati ma'lum emas. Agar jarohat haqiqatdan ham jiddiy bo'lsa, portugaliyalik Yevropa chempionatini o'tkazib yuborishi mumkin.

Koentrau joriy mavsumda Franiya chempionatining 14 uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com