Kobbi Maynu safga qaytdi

Administrator
9 apr 2025
Futbolchi MYUning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi.

Maynu jarohatidan so'ng MYUning umumiy guruhi mashg'ulotiga qaytdi. Bu haqda insayder Fabricio Romano ma'lum qilmoqda. 19 yoshli yarim himoyachi 2 oydan ortiq vaqt davomida o'yin maydoniga tushmagandi. 

Maynu 15 fevral kuni "Manchester Yunayted" mashg'ulotida jarohat olgan edi - dastlab u taxminan ikki hafta maydondan chetda qolishi kutilgandi, keyin esa bu muddat cho'zilib ketdi. 19 yoshli yarim himoyachi so'nggi marta 7 fevralda "Lester"ga qarshi o'yinda maydonga tushgan edi.


AdministratorMuallif
Manba: x.com/fabrizioromano