Klyuyvert yaqin kunlarda PSJni tark etadi

Tolibjon Qosimov
9 iyun 2017, 21:38
Patrik Klyuyvert yaqin kunlarda PSJni tark etadi.

Gollandiyalik shu kungacha futbol yo'nalishida sport direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bu lavozimga o'tgan yilning iyul oyida tayinlangan edi.

Klyuyvert payshanba kuni klubdagi sheriklariga ketishi haqida xabar qildi. Bu sport direktori lavozimiga Antero Enrikening tayinlanishi bilan bog'liq. PSJ rahbariyati sobiq futbolchiga boshqa lavozimda faoliyatini davom ettirishni taklif qildi. Lekin, Patrik buni rad etdi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: L’Equipe