Klyuyvert: "Mourinyo mendan xursand bo'lgan"

Mirjalol Normatov
7 mar 2018
"Ayaks" hujumchisi Jastin Klyuyvert 2016/17 yilgi mavsum Yevropa ligasi finalidan keyin "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan nima haqda gaplashganini aytib o'tdi.

"U meni uzoq vaqtdan keyin yana ko'rib turganiga xursand bo'lganini aytdi. Joze men orqali o'z yoshligini eslayotgani haqida gapirdi. Shuningdek, faoliyatim yaxshi tomonga o'zgarayotganidan mamnun bo'ldi. Yevropa ligasi finaliga chiqqan bo'lsak-da, unda maydonga tushmadim. Final kabi bahslar futbolchilarning faoliyatida har doim ham kuzatilmaydi", - dedi Jastin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: FourFourTwo