Klyuvert: "Barselona" yoki "Milan"ni boshqarishni istardim"

Aslanov Jasurbek
27 fev 2015
"Barselona" va "Milan" sobiq hujumchisi Patrik Klyuvertning takidlashicha, u mana shu klublarda bosh murabbiy bo'lishni istaydi.

Klyuvert JCH-2014da Lui van Galga yordamchi vazifasida ishlagan va ayni damda hech qayerda faoliyat yuritayotgani yo'q.

"Barselona", "Milan" yoki Yevropaning boshqa grand jamoalarida ishlash orzum ushalishi bo'lar edi. Mundialdan so'ng keyingi qadamni tashlamoqchiman, ammo sabr qilishim kerak. Murabbiy sifatida o'sishda davom etishim kerak, lekin o'z imkoniyatimni kutyapman. Bir qancha taklif yuborishdi, ammo o'zim uchun eng yaxshi variantni tanlashim kerak. Bu Gollandiyadami yoki boshqa yerda bo'lishining farqi yo'q"- deydi Klyuvert.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com