Klublarni 2019 yilgi mavsum uchun licenziyalash reglamenti tayyor bo'ldi

Narzulla Saydullayev
21 noya 2018, 11:50
O'zbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsum uchun harakatni rasman boshladi.

Bir necha kun avval “O'FA va O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini licenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo'yicha reglament” ishlab chiqilgandi. Endi esa mazkur reglament O'FA Ijroqo'mi byurosi tomonidan tasdiqlandi.

Mazkur reglament futbol klublarini 2019 yilgi mavsum uchun tayyorlab boradi. Bundagi eng katta yangilik - kelasi mavsumdan boshlab PFL doirasidagi musobaqalar sonining yana 1 taga oshishidir. Licenziyalash reglamentida Superliga va Pro-liga qatorida, kelasi yildan boshlab tashkil etiladigan 2-liga uchun talablar ham aks etgan. Shu vaqtgacha 2-liga sifatida tushunib kelingan va viloyat futbol federatsiyalari tomonidan o'tkazilgan 2-liga musobaqalari esa endi rasman 3-liga nomini oladi.

Professional futbol ligasi 21 noyabr kuni yuqoridagi reglamentni Superliga va Pro-liga klublariga elektron tarzda etkazib beradi. Shuningdek, reglament futbol jamoatchiligi uchun ham taqdim etiladi. Tez kunlarda licenziyalash bo'yicha reglament kitobcha holida ham chop etiladi.

Mazkur reglamentdagi e'tiborga molik jihatlar haqida bosqichma-bosqich ma'lumot berib boriladi. U Osiyo futbol konfederatsiyasining klublarni licenziyadan o'tkazish talablari asosida ishlab chiqilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz