Klublar o'rtasidagi jahon chempionati o'yinlarini Yokogama va Osaka qabul qiladi

Aslanov Jasurbek
23 may 2015, 09:43
2015 yilda bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionatini qabul qiluvchi shaharlar nomi ma'lum bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, turnirning o'yinlari Yaponiyaning Yokogama va Osaka shaharlarida bo'lib o'tadi. Final uchrashuvi 2002 yilda mundial finalini qabul qilgan Yokogama xalqaro stadionidi bo'lishi rejalashtirilgan.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati 10 dan 20 dekabrgacha bo'lib o'tadi. Ayni damda ushbu turnirning ikki qatnashchisi ma'lum: "Amerika" (Meksika), "Oklend Siti" (Yangi Zelandiya). 6 iyun kuni Yevropa nomida musobaqada ishtirok etuvchi jamoa nomi aniq bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com