Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati-2019. AGMKning raqiblari ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2019, 14:10
7-18 avgust kunlari Tailandda klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqada O'zbekistonning amaldagi chempioni AGMK ishtirok etadi. Bugun musobaqaga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qur'aga ko'ra olmaliqliklar guruhda Vetnam, Iroq, Qatar chempionlariga qarshi bahs olib borishadi. Har bir guruhda dastlabki ikki o'rinni olgan klublar chorak finalga chiqadi.

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsum AGMK klub guruh bosqichida uchta o'yinda ham mag'lub bo'lib so'nggi o'rinni egallagandi. Vetnamning "Tai Son Nam" klubi o'tgan yilgi musobaqada finalga qadar yetib borib yutqazib qo'ygandi. "Naft Al Vasat" esa 2018 yil musobaqada to'rtinchi o'rinni egallagan edi.



"A" guruhi

"Port Futzal Klub" (Tailand)
"FK EREM" (Qirg'iziston)
"Shenjen Nanling Tielang" (Xitoy)
"Star FS Seul" (J.Koreya)

"B" guruhi
"Tai Son Nam" (Vetnam)
"Naft Al Vasat" (Iroq)
"Ar Rayan" (Qatar)
AGMK (O'zbekiston)

"C" guruhi
"Bank Beyrut" (Livan)
"Vamos FK" (Indoneziya)
"Soro Kompani" (Tojikiston)
"Viktoriya Yuniversiti Kollej" (Myanma)

"D" guruhi
"Mes Sungun Verziqan" (Eron)
"Nagoya Oushens" (Yaponiya)
"Al Dafra" (BAA)
"Kazma" (Kuvayt)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia