Klublar o'rtasidagi JCH. "Chelsi" "Al Hilol"ni kichik hisobda engib, finalga yo'l oldi

Sherzod Nurmatov
9 fev 2022, 23:21
Klublar o'rtasidagi jahon chempionati ikkinchi yarim finalida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasi Angliyaning "Chelsi" klubiga qarshi o'yin o'tkazdi.

"Al Hilol" – "Chelsi" 0:1 

"Muhammad Bin Zayid" stadioni

Gol: Lukaku 32'

Al Hilol – Al Mayuf, Al Burayk, Chjan Xen Su, Al Bulayhi, Al Shahroni, Al Dovsari (Karrilo, 82), Kuelyar, Kanno, Mateus Pereyra (Maykl Richard, 82), Marega, Igalo.

Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen, Alonso (Sarr, 87), Kovachich, Jorjino (Kante, 46), Ziesh (Maunt, 72), Xaverc, Lukaku.

Ogohlantirishlar: Kuelyar (66), Kovachich (81), Al Bulayhi (84).

Bahs yakunlandi! "Chelsi" "Al Hilol" ustidan g'alabaga erishib, finalga chiqdi va endi 12 fevral kuni finalda "Palmeyras" (Braziliya) bilan bahs olib boradi.

69. Zarbaaaa! Kannoning kuchli zarbasi Kepa tomonidan bartaraf etildi. "Al Hilol" hisobni tenglashtirishi mumkin edi...

66. Kuelyar qarshi hujumga qochib ketayotgan Zieshni qoida buzish evaziga to'xtatib qolgani bois sariq kartochka oldi.

63. Uuuux!  Marega birga-bir holatdan unumli foydalana olmadi. Kepa o'z o'rnida!

48. Zarba! Xaverc himoyachilarni mohirlik bilan aldab o'tib, zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegdi.

- Ikkinchi taym start oldi. Jorjino o'rniga Kante o'yinga qo'shildi.

- Birinchi taym 0:1 hisobida yakunlandi.

32. GOOOOOL!  Vanihoyat, Romelu Lukaku o'z maqsadiga etdi va "Al Hilol" darvozasiga yo'l topdi – 0:1!  

18. Aspilikuetaning o'ng qanotdan oshirib bergan uzatmasidan keyin Lukaku darvozani ishg'ol qilishiga oz qoldi...

10. Aspilikuetaning qulay pasidan keyin Ziesh xavfli zarba yo'lladi, to'p darvozaga kirishni istamadi.

- Uchrashuv 21:30 da boshlandi!

Stadiondagi muhit

Jamoalar stadionda

Ma'lumot uchun, finalga yo'l olgan birinchi jamoa – bu "Palmeyras" (Braziliya). Final 12 fevral kuniga belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia