

Bugun Italiyaning "Inter" jamoasi musobaqa guruh bosqichining uchinchi turida Argentinaning "River Pleyt" jamoasi bilan to'qnash keldi. Mazkur uchrashuvni o'zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev boshqarib bordi.
Qiziqarli kechgan o'yinda ikkinchi bo'limda Bastoni va Espozito tomonidan urilgan gollar "Inter"ga 2:0 hisobidagi g'alabani taqdim qildi. Shu tariqa jamoa keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Klublar o'rtasidagi JCH. Guruh bosqichi. "E" guruhi, 3-tur
"Inter" - "River Pleyt" 2:0
Hakam: Ilgiz Tantashev (O'zbekiston).
Gollar: F.Espozito, 72 (1:0). Bastoni, 90+3 (2:0)
Ma'lumot uchun, "Inter" 1/8 finalda Braziliyaning "Fluminense" jamoasi bilan kuch sinashadi.



