Klublar o'rtasidagi JCH. Bugun birinchi yarim final o'yini o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
16 dek 2015, 07:59
Bugun Yaponiyadagi klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining birinchi yarim final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Dastlab Toshkent vaqti bilan soat 12:30da "Amerika" va "Mazembe" klublari musobaqaning beshinchi o'rini uchun o'yinda maydonga tushishadi. Soat 15:30da Yaponiyaning "Sanfrechche Xirosima" va Argentinaning "River Pleyt" klublari final yo'llanmasi uchun kurashni boshlashadi.

Ikkinchi yarim final ertaga, 17 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30da "Barselona" va "Guanchjou Evergrand" o'rtasida bo'lib o'tadi.


Beshinchi o'rin uchun
16 dekabr 12:30 (SPORT TV LIVE)
"Amerika" (Meksika) - "Mazembe" (Kongo)

Yarim final
16 dekabr 15:30 (SPORT TV LIVE)
“Sanfrechche Xirosima" (Yaponiya) - "River Pleyt" (Argentina)

17 dekabr 15:30 (SPORT TV LIVE)
"Barselona" (Ispaniya) - “Guanchjou Evergrand” (Xitoy)

Barcha soatlar Toshkent vaqti bilan berilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia