Klublar o'rtasidagi jahon chempionati. Ilk finalchi nomi ma'lum bo'ldi

Musobaqaning ilk finalchisi nomi ma'lum bo'ldi.

Qatar yashil maydonlarida o'tkazilayotgan musobaqaning birinchi yarim final uchrashuvi o'tkazildi. Unda OCHLning amaldagi g'olibi Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi o'yinda hisobni ochgan bo'lishiga qaramay, Braziliyaning "Flamengo"siga imkoniyatni boy berdi.

"Flamengo" – "Al Hilol" 3:1 

17 dekabr, 22.30, Khalifa International Stadium

Gollar:

0:1 – 18 Al-Dosari, 1:1 – 49 de Arraskaeta, 2:1 – 78 Bruno Enrike, 3:1 – 82, avtogol Al-Bulayxi.

Flamengo – Diego Alves, Rafinya, Mari, Filipe Luis, Rodrigo Kayo, Arao, de Arraskaeta (Piris, 90), Jerson (Diego, 74), Everton Ribeyro, Gabriel Barboza, Bruno Enrike (Vitino, 89).

Al Xilol – Al-Mayuf, Chjan Xen Su, Al-Breyk, Al-Bulayxi, Al-Shaxrani, Karrilo, Kuelyar, Karlos Eduardo, Al-Dosari (Al-Abed, 83), Djovinko (Xribin, 71), Gomis (Otayf, 90).

Ogohlantirishlar:

Bruno Enrike (20), Djovinko (44), Mari (45), Al-Bulayxi (45), Al-Dosari (69), Diego (87).

Chetlatish:

Karrilo (83).

Eslatib o'tamiz, musobaqaning ikkinchi yarim final uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da "Liverpul" (Angliya) va "Monterrey" (Meksika) klublari o'rtasida o'tkaziladi. 


Manba: championat.asia