Kloppning yordamchisi "Zalcburg" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Sherzod Nurmatov
15 may 2024, 14:56
Pep Leynders "Zalcburg"ning yangi bosh murabbiyi bo'lish ehtimoli bor.

Bu haqda "The Times" xabar bermoqda.

Niderlandiyalik mutaxassis hozir "Liverpul"da Yurgen Kloppning murabbiylar shtabida ishlamoqda, biroq u mavsum oxirida germaniyalik bilan birga ingliz klubini tark etishi ma'lum.

Manbaga ko'ra, "Zalcburg" rahbariyati Leyndersni klubning kelgusi mavsumlar uchun loyihasi bilan tanishtirib bo'lgan.

Avvalroq Leynders murabbiylik faoliyatini mustaqil boshlashni rejalashtirayotganini tasdiqlagandi. Uning "Ayaks"ni boshqarishi mumkinligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times