Klopp: "Yozda "Liverpul" yangi futbolchilarga pul sarflaydi"

Aslanov Jasurbek
4 mar 2017, 17:12
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning ma'lum qilishicha, mersisaydlar yozda tarkibni kuchaytirmoqchi.

"Biz to'g'ri transferlar qilishimiz kerak. Yuqori darajada. Agar top-darajadagi o'yin ko'rsatsang hech kim transferlar haqida so'ramaydi, biroq jamoada muammolar bo'lsa, hamma tarkibni kuchaytirish haqida so'raydi. Biz shunday vaziyatdamiz va transferlar ustida ishlayapmiz. Yozda "Liverpul" yangi futbolchilarga pul sarflaydi" - deydi Klopp.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal