Klopp: "Vest Xem" har jabhada yaxshi o'yin o'tkazdi"

Mirjalol Normatov
6 mar 2022, 10:46
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLda "Vest Xem" ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

"Bilmadim, balki bu ushbu mavsumdagi eng muhim o'yinlardan biri sifatida eslanar. "Vest Xem" har jabhada yaxshi o'yin namoyish qildi. Birinchi bo'limda ularning ko'plab vaziyatlarini qaytara oldik. Biroq raqiblar ikkinchi taymda ochiq o'yin namoyish qilishdi. Ular himoyamizdan o'tish uchun yo'llarni izlashdi. Biz esa to'pni olib qo'yishda faol o'ynay olmadik. Futbolchilarim nima qilib bo'lsa-da, ijobiy natijaga harakat qilishdi.

Agarda jamoaning o'yini o'xshamasa himoyaga e'tibor beradi va biz buni uddaladik. Bunday paytlarda omadning o'rni muhim bo'ladi. Ammo qayd etishim kerakki, o'tgan davr mobaynida hamma jamoa ham bunchalik ko'p g'alabaga erisha olmaydi.

Natijadan mamnunman. Bilaman, biz yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz kerak edi. Asosiysi - kuchli raqib mag'lub etildi. Ular nima sababdan Angliyaning eng yaxshi jamoalari bilan tengma-teng kurashayotganini isbotlay olishdi", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal