Klopp va Jerrard Mourinyoning iste'fosi haqida nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
18 dek 2018, 19:49
Bugun "Manchester Yunayted" matbuot xizmati Joze Mourinyoning iste'fosini e'lon qildi. Bu holatga Yurgen Klopp va Stiven Jerrard o'z fikrlarini bildirdi.

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp: "Mourinyo - juda ajoyib va ambicion inson. So'nggi bir necha oy u istaganidek o'tmadi. Ammo bu uning buyukligidan bir pog'ona ham pastga tushurgani yo'q"

"Reynjers" bosh murabbiyi Stiven Jerrard: "U g'olib murabbiy. Bu yerda o'tirib u haqida yomon gap gapiramanmi? U seriyali g'olib! U juda yomon ahvolda qolgan "Yunayted"ni boshqarishga rozi bo'ldi va bir necha sovrinlar olib berdi. U tanqidlarga arzimaydi"


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports