Klopp ten Xagning "Leyptsig"ga nomzodini blokladi

Alisher
5 mar 2025
Niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xag Germaniyaning "Leyptsig" klubini boshqarmaydi.

Manbaga ko'ra, "Liverpul" sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Red Bull" kompaniyasining xalqaro futbol bo'limi rahbari Yurgen Klopp ten Xag nomzodini rad etgan. Uning o'rniga Klopp "Leyptsig"ga uchta nomzodni taklif qildi - Sebastyan Xyones ("Shtutgart"), Oliver Glasner ("Kristal Pelas") va Rojer Shmidt ("Benfika" sobiq murabbiyi).

Eslatib o'tamiz, Erik ten Xag o'tgan yilning 28 oktyabrida "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan ketgan, uning o'rniga Ruben Amorim kelgandi. 26 tur yakuniga ko'ra "qizil iblislar" APL turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turibdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports