Klopp: "Nunesga biror himoyachi eta olmayapti"

Mirjalol Normatov
27 dek 2022
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp hujumchi Darvin Nunesni tanqid qildi.

"To'pni ushlab turib, birdaniga oldinga otilgan holatlarimizda uni ushlab turib bo'lmaydi. Biror himoyachi to'pli Nunesga yetib ololmayapti.

U haqida nimalar deyishayotganini bilib turibman, bu borada xotirjammiz. U "Aston Villa" bilan yaxshi o'yin o'tkazdi, asosiysi, g'alabaga erishdik.

Faoliyatimda birinchi bor hujumchi bilan ishlamayapman. Yangi jamoaga borgan paytda hujumchiga gol unchalik muhim emas, u boshqa aspektlarda jamoaga moslashishi kerak. Bunday paytda xotirjam bo'lib ishlash kerak", - dedi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Independent