Klopp - MYU haqida: "O'zi istagandek o'ynaydigan jamoa bilan o'ynash qiyin bo'ladi"

Mirjalol Normatov
17 yanv 2020, 20:23
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Boshqa klublarga qaraganda, tariximiz tufayli "Liverpul"ning dushmanlari ko'proq. Yigitlarga esa o'zgacha tarix yaratishimiz kerakligini tushuntirdim.

Yuqori saviyali, o'zi istagandek o'ynay oladigan jamoa bilan o'ynash qiziq bo'ladi. Umuman olganda, ushbu chempionatda bizga qarshi shunday o'ynashmoqda. 

"Manchester Yunayted"ni hurmat qilamiz. Biroq "Old Trafford" va "Enfild" bir-biridan katta farq qiladi", - dedi Klopp.

"Liverpul" - "Manchester Yunayted"  uchrashuvi 19 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal