Klopp: “Mourinyuning “Tottenxem”da qilgan ishlari haqiqatan ham e'tiborga molik”

Eldor Akmurzayev
15 dek 2020, 21:00
Angliya chempionati 13-turidan o'rin olgan ertangi “Liverpul” – “Tottenxem” bahsi oldidan mezbonlar ustozi Yurgen Klopp o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Agar aytish joiz bo'lsa, Mourinyu o'yinga qaytishga qodirligini allaqachon isbotlab bo'lgan. Uning “Tottenxem”da qilgan ishlari haqiqatan ham e'tiborga molik. Mourinyu jamoani mashinaga aylantirdi. “Shporlar” uning qo'l ostida juda yaxshi o'ynamoqda. Ijobiy o'tmagan o'yinlarda ham “Tottenxem” jamoaviy tarzda tartibli himoyalanmoqda.

Ayni payt Angliya Premer-ligasida yaxshi jamoalar juda ko'p. Bu esa bizni birlashtiradi. Agar “Liverpul” Son va Keynni ushlay olsa, “Tottenxem”da boshqa kimdir ajralib chiqadi. Bu xavfli o'yinchilarga ega qoyilmaqom jamoadir”, deydi Klopp.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Liverpool Echo