

"Manchester derbisidagi durang hech narsani o'zgartirmadi. Hammasi avvalgidek o'zimizga bog'liq. O'z o'yinlarimizga e'tibor qaratib, iloji boricha ko'proq uchrashuvda g'alaba qozonishimiz kerak.
Kuchli to'rtlikdan joy olish uchun poyga - bu qiziq va biz markazdamiz. Biz o'z vazifamizni bajarishimiz lozim. Maqsadimiz - to'rt uchrashuvda to'rt g'alaba" - deydi Klopp.



