Klopp: "Liverpuldagi "Everton"ning muxlislari meni taksi yoki kafedan haydab yuborishmaydi"

Aslanov Jasurbek
1 apr 2017, 16:10
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Everton"ga qarshi APLning 30-tur uchrashuvidan oldin mersisayd derbisi haqida fikr bildirdi.

"Mersisayd derbisi qolganlaridan shunisi bilan farq qiladiki, shaharda hamma bir-birini hurmat qiladi va bu menga yoqadi. Uchrashuv vaqtida natijadan muhimroq narsa yo'q. Sportda shunday bo'lishi kerak. Agar taksiga o'tirsam, uning haydovchisi "Everton" muxlisi bo'lsa menga hurmatsizlik qilmaydi. Uyim yaqinidagi kafega kirsam, u yerda meni iliq kutib oladigan "Everton"ning ko'plab muxlislarini uchrataman. Germaniyada esa boshqacha.

Menga derbilar yoqadi. Bunday uchrashuvlarda chempionatdagi o'rin haqida o'ylamaslik lozim. 100% g'alabaga e'tibor qaratish kerak. "Borussiya"da ishlaganimda 2008 yil "Shalke"ga qarshi derbida hamma bu uchrashuvda g'alaba muhimligi haqida aytishgan. Birinchi bo'limdan so'ng, hisob 0:3 edi, ikkinchi bo'limda esa raqib yana bir gol urishi mumkin edi. O'yin 3:3 hisobida yakunlandi va bu ajoyib hikoyaga aylandi. Bu hayotimdagi hal qiluvchi payt bo'lgan" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports