Klopp: "Liverpul" va "Manchester Siti"ning bunday holati uzoq yillik bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
22 may 2022, 13:51
Bosh murabbiy Yurgen Klopp kelasi mavsumlarda "Liverpul" va "Manchester Siti"ga yaxshi raqobatchilar yetishib chiqishini aytdi.

"Ha, finalda "Chelsi" bilan o'ynadik, ular ajoyib jamoa. Angliya Kubogi finalida dastlabki 30 daqiqalik o'yindan keyin o'zimni ettinchi osmonda deb his qildim, chunki "Chelsi"ga qarshi bunday o'yin ko'rsatish oson emas. Biz doimiy izlanish, o'rganish jarayonidamiz.

Ten Xagning kelganidan keyin "Yunayted" ham sovrin yutishiga ishonyapman, Antonio Konte boshchiligidagi "Tottenxem" ham ambiciyalarga boy. Jamoaning tarkibi yaxshi, ammo ular bu tarkibni yanada kuchaytirmoqchi.

Hech o'ylanmang, "Liverpul" va "Manchester Siti"ning bunday holati uzoq yillik emas. Uzoq yillik mashaqqatli mehnat ikki jamoani yuqori darajaga olib chiqdi. Shu sababli bir yoki uch ochko ortda qolish, menimcha, hech nimani anglatmasa kerak", - dedi "Liverpul" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal