Klopp “Liverpul” murabbiyi sifatida navbatdagi rekordni qayd etdi

Eldor Akmurzayev
19 dek 2020, 20:20
APL 14-turidan “qizillar” safarda “Kristal Pelas” (7:0)ni parchalab tashladi.

Bu Yurgen Klopp uchun “Liverpul” murabbiyligidagi 196 o'yinda bo'ldi va u jamoa bilan Angliya chempionatidagi 127-g'alabasini qo'lga kiritdi.

Shu tariqa, 53 yoshli mutaxassis APLdagi g'alabalar soni bo'yicha mersisaydliklar tarixidagi eng yaxshi murabbiyga aylanib oldi. U Rafael Benites (228 bahsda, 126 g'alaba)ni quvib o'tib, klub rekordini yangiladi. 


Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta