Klopp “Liverpul” bilan uchinchi sovrinni yutib oldi

22 dek 2019, 09:30
Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatining finalida “Liverul” qo'shimcha vaqtda “Flamengo”ni (1:0) taslim etdi.

Bu Yurgen Kloppning “Liverpul”da qo'lga kiritgan 3-sovrini sifatida etirof etildi. Nemis murabbiyi 2015 yildan buyon mersisaydliklarga ustozlik qilib kelmoqda.

Joriy yilning 1 iyunida “Liverpul” Klopp qo'li ostida YCHL finalida “Tottenxem”dan (2:0) ustun kelgandi. 14 avgust kuni uning jamoasi UEFA superkubogi uchun kechgan bahsda “Chelsi”ni penaltilar seriyasida (2:2, 5:4 pen) mag'lub etishning uddasidan chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru