Klopp: Levandovski "Bavariya"ga o'tishiga shubha yo'q

8 iyul 2013, 09:51
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Robert Levandovski 2013/14 yilgi mavsum yakunlangach "Bavariya"ga ko'chib o'tadi, deb xabar bermoqda Germaniya matbuoti.

Bu haqda dortmundliklar ustozi Yurgen Klopp xabar qildi.

"O'ylashimcha Levandovski keyingi mavsumda "Bavariya"ga o'tishini barcha biladi. Bizda raqobatbardosh klub bo'lishi kerak. Robert klubni tark etmoqchi ekanini aytganidan so'ng uning gapiga rozi bo'ldik. Ammo vaziyat shunday o'zgarib ketdiki, biz uni sotmaydigan bo'ldik", - deydi Klopp.


Manba: championat.com