Klopp Jerrardning "Liverpul" murabbiyi bo'lishi haqida: "Bu albatta ro'y beradi"

Aziz Tukhtamuradov
11 dek 2021, 08:15
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Stiven Jerrard mersisaydliklar bosh murabbiyi bo'lishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

"Ha, bo'ladi. Muammo shundaki, buning uchun mos vaziyat qachon ro'y beradi? Biz bunga o'xshash holatni Frenk Lempard va "Chelsi" bilan ko'rdik. 

Stivida hozir barchasi yaxshi. U murabbiy sifatida yosh. Ushbu lavozimda ishga kirishish uchun unga qachon mos vaziyat bo'ladi? Gap bu ishni qilishni istashda emas, uzoq vaqt buni qilishni istashida. 

Ammo o'ylaymanki, bu albatta ro'y beradi. Va bu barcha uchun yaxshi bo'ladi. 

"Liverpul" bosh murabbiyi bo'lish uchun nima qilish kerakligini bilmayman. Odamlar g'alaba qozonish kerakligi haqida gapirishadi. Ammo bunga ishonchim komil emas. Shunchaki g'alabadan ham muhimroq narsalar bor. 

Stivi esa hozir to'g'ri yo'lda", - dedi Klopp. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sports