Klopp: "Jerrardga mening maslahatlarim kerak emas"

Mirjalol Normatov
9 sen 2018, 18:12
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Kloppning fikricha, Stiven Jerrardga tavsiyalar kerak emas.

Jerrard ayni damda "Glazgo Reynjers" jamoasini boshqarmoqda.

"Reynjers Yevropa ligasini ajoyib tarzda boshladi. Jerrard bilan ko'p gaplashib turamiz. Biroq bu tavsiyalar uchun emas. Murabbiylik faoliyatimni boshlaganimda, hech kimdan maslahat olmaganman, chunki buni kimdan so'rashni ham bilmasdim. Stiven esa buyuk futbolchilardan biri bo'ldi. Unga maslahatlarning keragi ham yo'q", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal