Klopp jarimaga tortildi

21 fev 2019, 21:38
Angliya futbol assotsiatsiyasi “Liverpul” ustozi Yurgen Kloppni 45 ming funt-sterling jarimaga tortdi.

APL 25-turida “Vest Xem”ga (1:1) qarshi bellashuvdan keyingi fikrlari uchun shunday moliyaviy jazoga loyiq ko'rildi.

O'yindan keyin germaniyalik mutaxassis uchrashuvni boshqargan hakam Kevin Frend haqida gapirib jumladan shunday degandi: “Biz ofsayddan gol urdik. Arbitr bu haqda tanaffusda bilgan. Bu esa  ikkinchi bo'limda bir qator g'alati qarorlar qabul qilinishiga asos bo'ldi. Albatta qo'pol xatolar bo'lmadi, ammo bu o'yin ritmiga ta’sir qildi”.

“Liverpul” ustozi o'z fikrlari bilan “hakamning halolligiga shubha bilan qaragan”i bois jarimaga tortildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports