Klopp: "Hech kimga kafolat bermayman"

Mirjalol Normatov
24 iyul 2018, 11:50
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yangi mavsum oldidan jamoaning maqsadlari haqida gapirdi.

"Liverpul" bu mavsumda hech bo'lmasa bir sovrin qo'lga kiritishi kerakmi? Odamlar ha deyishmoqda. Bu biz tayyorlanishimiz kerak bo'lgan navbatdagi qadam. Hech kimga bu borada kafolat bermayman, biroq odamlar nimani istayotganini bilaman. Biz ham o'zimizdan ko'prog'ini kutyapmiz. Maqsadimiz - o'zimiz qatnashadigan barcha turnirlardagi g'oliblik. Bilaman, buni eplab bo'lmaydi. Ammo jamoa juda ham shijoatli. Bu fakt", - dedi Klopp.

"Liverpul" o'tgan mavsumda sovrin qo'lga kirita olmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph