Klopp: “Hamma jamoa ham “Barselona”dek o'ynolmaydi”

Omonjon To`xtamirzayev
29 dek 2016
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Manchester Siti”ga qarshi bahs oldidan Pep Gvardiolaning “shaharliklar” ustoziga aylanganidan keyin duch kelgan muammolari haqida gapirdi.

“Pepning o'ziga xos falsafasi mavjud. “Siti” mavsumni juda yaxshi boshladi. So'ngri ular bilan nimadir sodir bo'ldi. Bu jamoa muvaffaqiyatlarga loyiq. Ammo APLda barcha o'yinlar jiddiy, va bu turdan turga og'irlasha boraveradi. Biz katta tajriba, yuksak saviya va ma'lum g'oyalarga ega murabbiy haqida gapirapmiz. Unda ajoyib murabbiylik faoliyati bor. U “Barselona”da ajoyib uslubini namoyish eta oldi. “Bavariya” bilan ham buni uddaladi. “Siti” bilan ham bu ishni amalga oshirishga urinmoqda. “Barselona” uslubini barcha klublarda amalga oshirib bo'lmaydi. Chunki bu ko'proq o'yinchilardan talab etiladigan holat” deydi germaniyalik mutaxassis.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru