Klopp Gvardiolaga javob qaytardi

Aslanov Jasurbek
4 noya 2019, 21:59
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp yarim himoyachi Sadio Maneni tanqid qilgan "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiolaga javob berdi.

"To'g'risi hozircha ishonchim komil emas-ku, u Sadio yoki "Liverpul" haqida gapirmadi. Men Sadio ismini eshitmadim.

Mane simulyant emas. "Aston Villa"ga qarshi o'yinda raqib Sadioni yiqitdi. Shundan keyin Mane yiqildi. U raqibining ustidan sakrab o'tgani yo'q", - dedi Klopp.

Oldinroq Gvardiola Maneni bir necha bora simulyantlik qilishini aytib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports