Klopp: "YCHLsiz yangi futbolchilarni olib kelish qiyin bo'ladi"

Mirjalol Normatov
12 may 2023, 21:32
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp Mersisayd klubining yozgi transferlar oynasidagi vazifalari haqida gapirdi.

"Agarda kelasi mavsum uchun YCHL yo'llanmasini naqd qilmasak, ko'p narsa o'zgarishsiz qolishi mumkin. Bu fantastik klub. Bu erga ko'plab fantastik futbolchilar keladi. Hozircha bundan xavotir olmayapman. Ammo YCHLga chiqa olmasak, yangi futbolchilarni tarkibga jalb qilishga qiziqtirish juda qiyin bo'ladi", - dedi Klopp.

Ayni damda "Liverpul" APL turnir jadvalida "Manchester Yunayted"dan bir ochkoga ortda qolib, 5-o'rinda bormoqda. Mankunianliklarning yana bir zaxira o'yini bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano