Klopp: "Darvin Nunes bizning tizimda chap qanotni himoya qilishi kerak"

Aslanov Jasurbek
12 noya 2022, 23:50
"Liverpul" ustozi Yurgen Klopp "Sautgempton" bilan bo'lgan o'yin (3:1) haqida fikr bildirdi.

"Birinchi bo'lim yaxshi o'tdi. Biz "Sautgempton" istamagan barcha ishlarni bajara oldik. Saloh va Darvinning tezligini ishga soldik.

Biz o'ynayotgan tizimda Nunes chap qanotni himoya qilishi kerak. U hujumda ham ajoyib harakat qildi. Biroq ikkinchi bo'limda etarlicha hujum qila olmadik deb o'ylayman.

Bugun birinchi marta o'yinni tribunadan tomosha qildim. Menga o'yinni bu yerdan ko'rish yoqmadi" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Anfield Watch