Klopp "Chelsi" bilan final oldidan: "Uembli"da 2 marta mag'lub bo'lganman. Uchinchisida yutaman"

Aziz Tukhtamuradov
26 fev 2022, 09:35
Ertaga "Uembli" stadionida "Liverpul" va "Chelsi" jamoalari Angliya ligasi kubogining final o'yini o'tkaziladi.

Mazkur bahs oldidan "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'z fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Uembli"da necha marta yutqazganman? Ikki marta.

Bu yaxshi. Odatda men uchinchisida g'alaba qozonaman. Bu hayotimda bo'lgan. Chempionlar ligasida ham, boshqa masalalarda ham shunday bo'lgan. 

Demak bu yaxshilikka, ammo shu bilan birga yomon ham. Menga bu stadion yoqadi", - dedi Klopp. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sky Sport