Klopp Alissonning goli haqida: "Bunday gollarni odatda hujumchilar urishadi"

Aziz Tukhtamuradov
17 may 2021, 09:26
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Vest Bromvich"ga qarshi o'yinda (2:1) darvozabon Allisonning urgan goliga munosabatini bildirib o'tdi.

"Vau - yaxshi so'z. Tomoshabop va yaxshi o'yin bo'ldi. Ajoyib lahza! Umid qilamanki, bunday yorqin lahzalar ushbu mavsumda yana bo'ladi. O'yin qiyin bo'ldi. G'alaba qozondik. Bunday vaziyatda xursand bo'lmaslikni iloji yo'q. 

Bu men ko'rgan darvozabonlar tomonidan urilgan eng yaxshi gol. Odatda hujumchilar shunday gol urishadi. Jiru shunday gol ursa siz "Bu - top daraja" deysiz. Bu ham top daraja bo'ldi!", - dedi Klopp. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC