Klinsmann "Sautgempton"ga bosh murabbiy bo'lishi mumkin
Narzulla Saydullayev
24 iyun 2016
AQSH terma jamoasi ustozi Yurgen Klinsmann "Sautgempton" klubida ish boshlashi mumkin.
Bunga qadar Angliya klubida Ronald Kuman ishlab kelayotgandi. Yaqinda u "Everton"ga ko'chib o'tdi. Klinsmann boshchiligidagi AQSH terma jamoasi Amerika kubogi-2016 musobaqasining yarim finaliga qadar yetib keldi.