

Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi ijroiya qo'mitasi a'zolarining yig'ilishi Janubiy Koreya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsmanning ishtirokisiz o'tkazildi. Assotsiatsiyaning jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha bayonoti, uchrashuvning asosiy mavzusi Koreya terma jamoasining Osiyo kubogidagi natijalarini ko'rib chiqish bo'ldi.
Koreya OAVlarida e'lon qilingan xabarlarga ko'ra, bugungi yig'ilishda Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi ijroiya qo'mitasi a'zolarining aksariyati 59 yoshli Yurgen Klinsmanning ishdan bo'shatilishi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish yo'lidagi eng zarur variant degan fikrga kelishgan. Aytilishicha, Klinsmanning Koreya terma jamoasi bosh murabbiyligidan chetlatilishi Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasiga besh million dollardan ko'proq zarar keltiradi.
Eslatib o'tamiz, Janubiy Koreya yarim finalda turnirdagi ishtirokini yakunladi.



