Klinsman AQSH muxlislarini, Germaniya bilan uchrashuv kuni tatil olishga chaqirdi

Tolibjon Qosimov
26 iyun 2014, 15:20
AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klinsman mundialning 3 turi, Germaniyaga qarshi hal qiluvchi uchrashuv oldidan muxlislarga murojaat qilib, milliy terma jamoani qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.
“Tushunaman, ish joyida bo'lmaslik ishlab chiqarish darajasini pasaytiradi, ammo bularning bari juda muhim ish uchun kerak. AQSH terma jamoasi Germaniya  bilan juda ham muhim o'yin oldida turibdi, keyingi bosqichga chiqish uchun, millatning bor kuchi bilan qo'llab-quvvatlashi juda ham zarur. Aytgancha, sizlar haqiqiy yo'lboshchi kabi bo'lishingiz kerak va ishingizda tatil oling. Olg'a, AQSH!” – deb yozadi Klinsman o'z tvitterida.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com