Klaudio Raneri: “Prezident mendan norozi bo'lsa, ketishga tayyorman”

29 apr 2018, 07:27
“Nant” klubi Fransiya chempionatining 35-turida “Lion” jamoasi mehmoni bo'lib, 0:2 hisobida yutqazdi.

Ushbu mag'lubiyatdan so'ng “kanareykalar” bosh murabbiyi Klaudio Raneri agar klub prezidenti uning ishidan norozi bo'lsa, ketishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.

“Nant” prezidenti Valdemar Kit kechagi uchrashuvdan so'ng italiyalik mutaxassisni keskin tarzda tanqid ostiga olgandi. 

“Albatta, har qanday klub rahbari jamoasi mag'lubiyatga uchrab tursa, tanqid qiladi. Agar jamoa prezidenti mendan ko'ngli to'lmayotgan bo'lsa, unda faqat bitta yo'l qolgan”, - dedi Raneri “Canal+” efiriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, “Nant” klubi Fransiya chempionati yakunlanishiga 3ta tur qolgan bir paytda 46 ochko jamg'arib, Evrokuboklarga yo'llanma beruvchi pog'onadan 5 ochkoga ortda bormoqda. 

O'xshash yangiliklar