Klaudio Bravo "Arsenal"ga o'tishi mumkin

Alisher
23 iyun 2020
"Arsenal" "Manchester Siti" darvozaboni Klaudio Bravo bilan shartnoma imzolashi mumkin.

"Kanonirlar" ayni damda asosiy posbon Bernd Lenoning jarohat olishi sabab darvozabon qidirish harakatiga tushishgan.

Leno yil so'nggiga qadar maydonga tushmasligi mumkin. Artete esa Bravo bilan tanish.

U "Manchester Siti"da o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan va klub bilan tuzgan shartnomasi shu yozda yakuniga etadigan futbolchini jamoaga olib kelmoqchi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/kike_marin_