"Klassiko" 26 oktyabrda bo'lsa Suares "Real"ga qarshi o'ynay oladi

Aziz Tukhtamuradov
24 iyul 2014, 16:54
Ispaniya chempionatining yangi mavsum uchun taqvimi ma'lum bo'ldi.

"Real" va "Barselona" jamoalari o'zaro o'yinni 25 yoki 26 oktyabr kunlari o'tkazadilar.

Javob o'yini esa 21-22 mart kunlaridan birida "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.


Agar o'yin 26 oktyabr kuni bo'lsa, Luis Suaresning diskvalifikaciyasi qisqarmaydigan bo'lsa ham o'sha o'yinda maydonga tusha oladi.

Bugun "Barselona" Suaresning diskvalifikaciyasini qisqartirish yuzasidan Lozannadagi Sport arbitraj sudiga appelyaciya berishi xaqida xabar qilindi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru