
Balki "Atletiko" hisobda ustunlikka egadir, lekin chorak final masalasi hali ochiqligicha qolmoqda. Biz bu o'yinga uchrashuv qiymatidan kelib chiqib, katta ishtiyoq bilan harakat qilishimiz lozim. Bu to'qnashuvda hali hech narsa hal bo'lganicha yo'q. Balotelli va Kosta? Bu ikkala futbolchi ham yuqori iqtidor sohiblari hisoblanishadi. Lekin boshqa futbolchilarni ham unutmaslik kerak. "Atletiko"da Kostadan tashqari yana bir qancha yuqori malakali futbolchilar jamlanishgan. Diego Simeone jamoasini kuchli shakllantirib kelmoqda. Madrikliklar jamoa sifatida anchayin kuchli hisoblanishadi. Bizning bor e'tiborimiz ertangi bahsga qaratilgan.